<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Chin sevgi</title>
<lyrics>[V1]
 Bandaman bilasan ojizman muhtojman
 Sen bilan men kuchli boʻlaman.

[V2]
 Yordam ber qoʻling ber shunday kel madad ber
 Qanday boʻlsam Iso meni sev

[C1]
   // Farzanding boʻlay sevikli
   Ortingdan boray quvonchli
   Oʻzing aytgan Shohlikka
   Loyiq koʻrgin Sen meni //

[V3]
 Oʻzingdadir chin sevgi
 Oʻzingdirsan shafqatli
 Hayot yoʻlim uchun quyoshday Oʻzing nurli

[V4]
 Yashayman umid bilan kuylayman yurak bilan.
 Har bir nafasim oʻtar faqat Sen bilan</lyrics>
<author>Sobir Umurov</author>
</song>